"Inter" Ginter bilan 4 yillik shartnoma imzolashi mumkin. Himoyachi yozda nemis klubidan tekinga ketadi

Alisher
1 dek 2021
"Inter" "Borussiya" (Myonxengladbax) o'yinchisi Mattias Ginterni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Futbolchi Germaniya klubi bilan 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirishni rad etdi.

Milan klubi Germaniya terma jamoasining 27 yoshli o'yinchisi bilan muzokaralarga kirishdi.

Italyan klubi unga 4 yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira