"Inter" "Empoli" futbolchisini sotib olish sharti bilan ijaraga oldi
Administrator
1 iyul 2022
Kristyan Aslani "Empoli"ni tark etdi.
"Inter" klubi "Empoli" tayanch yarim himoyachisi Kristyan Aslanini sotib olish sharti bilan ijaraga oldi. Transfer "Inter" uchun 16 mln evroga tushishi kutilmoqda.
20 yoshli tayanch yarim himoyachisi "Inter"da 14 raqamda o'ynaydi.