"Inter" Bastoni uchun yangi shartnoma tayyorladi

Alisher
7 apr 2021, 09:00
"Inter" himoyachi Alessandro Bastoni uchun yangi shartnoma tayyorladi.

"Neradzurrilar" futbolchiga maoshini 3,5 mln evroga ko'targan holda 4 yillik shartnoma taklif qilishadi.

Amaldagi shartnoma 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan va italiyalik 1,5 million maosh oladi.

21 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato