

Unda O'zbekiston chempioni birinchi taymda oldinga borishiga qaramay, yakunda 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Instat portaliga ko'ra kechagi bahsda "Paxtakor" safida eng ko'p ballni birinchi taymda Dragan Cheranning o'rniga maydonga tushgan Ikrom Aliboev oldi - 239. Sardor Sobirxo'jaev 238 ballga loyiq ko'rildi. Eng kam ball markaziy himoyachi Aleksey Laringa berilgan - 171. Maydonda kam harakat qilgan Azizbek Turg'unboev va Diyor Xolmatovga ball qo'yilmagan.
Instat bo'yicha "Paxtakor" futbolchilariga qo'yilgan ballar:
Ikromjon Aliboev - 239
Sardor Sobirxo'jaev - 238
Farruh Sayfiev - 235
Sardor Rashidov - 219
Sherzod A'zamov - 218
Hojimat Erkinov - 216
Oliver Sharkich - 211
Hojiakbar Alijonov - 197
Dragan Cheran - 188
Jasur Yoqubov - 185
Eldorbek Suyunov - 178
Odiljon Hamrobekov - 178
Aleksey Larin - 171
Azizbek Turg'unboev - kam o'ynagani uchun ball berilmagan.
Diyor Xolmatov - kam o'ynagani uchun ball berilmagan.
Ma'lumot uchun, Instat mazkur uchrashuvdagi eng ko'p ballni kutilganidek "Al Duhail" vingeri Edmilson Juniorga bergan - 274.



