Infantino Pelening dafn marosimidagi selfisiga izoh berdi

Eldor Akmurzayev
4 yanv 2023
FIFA prezidenti Janni Infantino Pelening dafn marosimida qatnashdi, ammo uning selfi tushayotgandagi rasmi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar ostida kutib olindi.

“Kechagi dafn marosimida selfi qilganim va suratga tushganim uchun bazi odamlar meni tanqid qilishayotgani haqida xabar olganimdan keyin bunday hayratlandim. Aniqlik kiritishni istardim, buyuk Pelening jamoadoshlari va oila-a'zolari mendan ular bilan suratga tushishimni so'rashgani men uchun sharaf edi. Ikkilanishsiz, bunga darhol rozi bo'ldim.

Selfiga kelsak, Pelening jamoadoshlari barchamizni birga selfi qilishni so'rashdi, ammo buni qanday qilishni bilishmadi. Shundan so'ng, ulardan birining telefonini olib, barchani suratga oldim. Agar Pelening yaqinlari uchun tanqid qilinsam, buni mamnuniyat bilan qabul qilaman va futbol tarixidagi afsonaviy sahifalarni yozishga hissa qo'shganlarga qo'limdan kelgancha yordam berishda davom etaman”, deydi Infantino.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail