Infantino Afrika kubogini to'rt yilda bir marta o'tkazishni taklif qildi

FIFA prezidenti Janni Ifantino Afrika millatlar kubogi musobaqasini o'tkazish vaqtlar oralig'ini o'zgartirishni taklif etdi.

“Bir necha yillardan buyon Afrika futbolini rivojlantirish haqida  gapiramiz. Bir vaqtlar Pele vaqti kelib Afrika jamoalari jahon chempioni bo'lishi haqida gapirgandi. Ammo bu ish amalga oshmadi.

Aftidan, bu voqea uchun vaziyat hali pishib etilmadi. Biz bugungi kunni tarixga aylantirib, hayot zarvaraqlarini navbatdagi sahifasini ochishimiz lozim. 

Afrika millatlar kubogi musobaqasi Yevropa chempionatiga nisbatan 20 barobar kamroq daromad keltiradi.  Bu musobaqani ikki yilda bir marotaba o'tkazish tijorat nuqtayi nazaridan yaxshi holatmi? Bu infrastrukturani rivojlanishiga xizmat qilayaptimi?

Musobaqani to'rt yilda bir marta o'tkazish borasida o'ylab ko'rish lozim”, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi FIFA rahbari Afrika futbolini rivojlantirish borasida o'tkazilgan seminarda so'zlagan nutqida.

2021 yili Afrika kubogiga Kamerun mezbonlik qilishi kutilmoqda.


Manba: New York Times