Inesta, Podolski, Vilya va Vermalen o'ynayotgan klub OCHLga chiqdi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2020, 12:57
Bugun Yaponiyada Imperator kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Finalda "Vissel Kobe" va "Kashima Antlers" klublari to'qnash kelishdi.

Unda Torsten Fink boshchiligidagi "Vissel Kobe" 2:0 hisobida g'alaba qozondi va Imperator kubogini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari "Vissel" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'l oldi.

"Vissel Kobe" - "Kashima Antlers" 2:0
Gollar
: Inukai 18 avtogol, Fujimoto 38.


Takidlash lozimki, "Vissel Kobe" safida Andres Inesta, Lukash Podolski, David Vilya hamda Tomas Vermalen kabi mashhur futbolchilar to'p tepishadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia