-O'tgan turda jamoa “Olmaliq”dagi mag'lubiyatdan keyin jamoa “Qo'qon-1912”ga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rdi?
-Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Shu bois biz Olmaliqdagi omadsizlikni unutib, keying o'yinga munosib hozirlik ko'rdik. Odatda professional futbolchilar shunday qilishadi. Ruhiy va jismoniy tayyorgarligimz joyida edi va kechagi o'yinda buni yana bir bor maydonda isbotladik.
-Gevorkyan, Suyunov, Muhammadiev singari yetakchi futbolchilarning maydonga tushmaganligi jamoaning o'yiniga qanchalik ta’sir o'tkazdi?
-Bilasizmi bizda hamma yetakchi. Murabbiy qaysi futbolchini maydonga tushirsa, o'sha futbolchi o'zini har tomonlama ko'rsatishga harakat qiladi. Eldor va Shuhrat terma jamoadan o'yin kuni qaytib kelishdi. Arturning jarohat ortda qoldi. Nasib qilsa, 7 aprelda bo'ladigan muhim o'yinda ular jamoaga yordam bera olishadi.
-Jamoani sardor sifatida boshlab tushdingiz. Bu qo'shimcha mas'uliyat yuklaydimi? Shu boismi gol urishga ham rosa harakat qildingiz...
-Biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqqandik. Albatta gol urishga ham urinib ko'rdim. Kim gol urishining unchalik ahamiyati yo'q edi. Muhimi 3 ochko qo'lga kiritildi. Albatta sardorlik har kimga ham berilmaydi. Bu menga ortiqcha bosim yuklagani yo'q. Oldimizda qo'yilgan vazifani bajarishga astoydil intildik va maqsadga erishdik.
-OCHL haqida fikringiz? Guruhdagi qaysi jamoa nisbatan kuchliroq deb o'ylaysiz?
-OCHL bu yuqori saviyadagi turnir. Bunda kuchsiz jamoani o'zi yo'q. O'z navbatida biz ham bu o'yinlarda faqat g'alaba uchun maydonga chiqishga 100 foiz tayyormiz. Agar guruhimizdagi uchta jamoani solishtiradigan bo'lsak, Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoasini nisbatan kuchliroq deb o'ylayman.