Ilhom Mo'minjonov: "Xorazm" bilan o'yin qiyin bo'lishi oldindan kutilgandi"

Narzulla Saydullayev
30 avg 2021, 14:48
Pro liganing 14-tur qoldirilgan "Xorazm" - "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov fikrlarini bildirib o'tdi.





"Qiyin o'yin bo'lishini kutgan edik. "Xorazm" Pro ligada o'z maydonida yutqazmagan jamoalardan biri edi. "Dinamo", "Buxoro", "Olimpik"ga mag'lub bo'lmagandi. Tarkibida sifatli futbolchilar borligini bilardik. Shunga qaramasdan yakunda 3:0 hisobida g'alaba qozondik. Yarim himoya va hujum chizig'i vakillarimiz yaxshi harakat qilishdi. O'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana oldik. "Buxoro" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

"Xorazm" birinchi golga qadar oldingi bahslarda ehtiyotkorlik bilan to'p tepayotgandi. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Standart vaziyatdan gol urganimizdan so'ng raqib ochilishni boshladi. Bunga qadar 5ta himoyachi bilan o'ynayotgandi. Mana shu pallada o'z o'yinimizni yo'qotmasdan pozicion harakatlarimizni kuchaytirdik.

Hozirda maqsadimiz Superligaga chiqish. Shundan so'ng qolgan masalalarni ko'rib chiqamiz",- deydi Ilhom Mo'minjonov. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia