Ilhom Mo'minjonov: "Marko Obradovich oilaviy sabablarga ko'ra klubni tark etdi. Keyingi yil "Neftchi"ga qaytmasa kerak"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2021
Pro liganing 22-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Neftchi" (2:0) uchashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun teng kurashlarga boy o'yin ko'rdik. Himoyadagi xatolar evaziga gol o'tkazib yubordik. Yarim himoyachilar o'zlarini yaxshi ko'rsata olishmadi. Hujum chizig'iga to'pni etkazib  bera olishmadi. Noaniq paslar ko'p bo'ldi. Navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Ha, chempionlikni qo'lga kiritib bo'ldik. To'rtta tur qolganda vazifani bajarishni uddasidan chiqdik. Ayrim futbolchilarga dam olish imkoniyatini berdik. O'yin amaliyoti kam bo'lgan o'yinchilarni tushirishga qaror qildik. Mag'lubiyatga uchradik, lekin futbolchi professional bo'lishi kerak. Yigitlar harakat qildi, omadimiz kelmadi. 

Marko Obradovich oilaviy sabablarga ko'ra klubni tark etdi. Keyingi yil qaytmasa kerak. Superligadan takliflar bor",- deydi Ilhom Mo'minjonov. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia