Ilhom Alijonov: "Gol urishimni o'zim ham kutmagandim"

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2020
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA - O'zbekiston (1:5) uchrashuvidan keyin Ilhom Alijonov mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.

"Gol urishimni o'zim ham kutmagandim, Oybek Bozorov raqibning ikki-uch futbolchisini o'ziga jalb qildi va zona bo'shab qoldi, pasdan keyin zarba berdim va gol urdim.

Ro'ziqul Berdiev hamda Vadim Abramovning kelgani bizga foyda bo'ldi. O'z fikrlarini bildirishdi, kelib bizga dalda berishgani uchun katta rahmat aytaman", - deydi Ilhom Alijonov.


Akramjon Mamadaliev yozib oldi





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia