

Uchrashuvning 9-daqiqasida "Ulsan" hisobni ochgan bo'lsa, o'yinning 41-daqiqasida hamyurtimiz Ikrom Aliboev muvozanatni tikladi. Oradan 4 daqiqa o'tib, Park Dong Jin tomonidan "Ulsan Xyonde" darvozasiga ikkinchi gol urildi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan 7-daqiqada Kim Bo Kyung gol urib jamoasini mag'lubiyatdan saqlab qoldi.
Ikrom Aliboevning golini >>>>Telegramdagi kanalimiz orqali tomosha qiling
Shu tariqa, Ikrom Aliboev jamoasi qatorasiga beshinchi o'yinda g'alaba qozonishi mumkin edi. Lekin unday bo'lmadi.
28/05/19 "Seul" - "Ceongnam" 3:1
02/06/19 "Geongnam" - "Seul" 1:2
16/06/19 "Seul" - "Suvon Blyuvings" 4:2
22/06/19 "Daegu" - "Seul" 1:2
30/06/19 "Seul" - "Ulsan" 2:2
Ayni paytda Aliboev to'p tepayotgan "Seul" klubi 18 turdan so'ng 38 ochko bilan K-Liga 1da ikkinchi o'rinda bormoqda. Uchinchi o'rinni 37 ochko to'plagan "Ulsan Xyonde" egallagan.



