Igor Sergeevning goli Qozog'istonda mavsumning eng yaxshi goli sifatida etirof etildi

Aziz Tukhtamuradov
25 dek 2021
Qozog'iston professional futbol ligasi mavsum yakuniga ko'ra yilning eng yaxshi golini aniqladi.

E'tiborlisi, o'tkazilgan so'rovnoma natijasiga ko'ra hamyurtimiz Igor Sergeevning "Ordabasi" darvozasiga kiritgan goli mavsumning eng yaxshi goli sifatida etirof etildi. 

Eslatib o'tamiz, Igor ushbu golini "Aktobe" safida raqib darvozasiga kiritgandi. Keyinchalik esa u "Tobol" safiga ko'chib o'tgan. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi bir necha kun oldin e'lon qilingan ramziy terma jamoa tarkibidan o'rin olgandi. 

[instagram]

  [/instagram]


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pflk.kz