Igor Sergeev "Tobol"dagi faoliyatini davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2022
Buni futbolchining agenti tasdiqladi.

"Igor Sergeev "Tobol" bilan shartnomasini uzaytirdi, u klub bilan Yevropada muvaffaqiyat qozonish niyatida", – deydi Sergeevning agenti Ro'zimurod Usmonov championat.asia saytiga.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi 2021 yilgi mavsumda Qozog'iston chempionligini qo'lga kiritdi hamda mavsumdagi eng chiroyli golga mualliflik qildi. 

Shuningdek, 28 yoshli forvard 11 ta gol bilan to'purarlik poygasida 3-o'rinni band etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia