Igor Sergeev: "Birinchi taymda omad yetishmadi"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2019
OCHL 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" (1:0) uchrashuvidan keyin Igor Sergeev mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.

"Yaxshi o'yin bo'ldi. Stadionga juda ko'p muxlis keldi. Juda xursandmiz. Barcha yigitlar murabbiylar ko'rsatmalarini to'liq bajarishdi", - deydi Igor Sergeev.

- Birinchi taymda gol urish uchun nima yetishmadi?
- Omad yetishmadi. Sheriklarim barchasini to'g'ri qilishdi, shunchaki birinchi bo'limda to'p darvozaga kirishni istamadi. Noaniq zarbalar, darvoza ustuni.


Jasur Aslanov yozib oldi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia