

"Men darvozani yaxshi qo'riqlaganimning zamirida sheriklarimning harakati yotibdi. Ular menga yordam berishdi. Bugun munosib o'yin namoyish etdik deb o'ylayman. Bizga bunday raqibga qarshi bahsda biroz tajriba etishmadi. Hech nimaga qaramay biz xarakter namoyish etdik.
Menimcha Toshkentda yana bitta xayrlashuv o'yinini o'tkazaman keyin terma jamoadan ketsam kerak.
Bu erga kelib bizni qo'llab quvvatlagan barchaga, O'zbekistonda qolgan barcha barcha muxlislarga rahmat aytaman. Video orqali menga ishonch bag'ishlagan oilamga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Ignatiy Nesterov.




