Ibrohimhalil Yo'ldoshev: Osiyo kubogiga kelishim juda qiyin bo'ldi

Khoja
19 apr 2024
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Ibrohimhalil Yo'ldoshev Osiyo kubogi va jamoasidan kelib qo'shilishi haqida fikr bildirdi.

"Ushbu chempionatda doim kuchli jamoalar harakat qilgan. O'zbekiston ham ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etib kelgan.

Kechagi o'yinga kelsak, o'zi har doim birinchi o'yin qiyin bo'ladi. Malayziya ham yaxshi jamoa ekan. To'pni nazorat qilishda ancha ishonchli o'ynashga intilishdi. Osiyo kubogiga kelishim juda qiyin bo'ldi. Sababi klubim meni qo'yib yuborishni istamadi. O'FAdan 2-3 marta xat jo'natildi, biroq ular rad javobini berishdi. Qayrat meni 20 apreldan so'ng qo'yib yuborishni istadi, biroq O'FAning harakatlari evaziga men jamoaga 14 aprel kuni kelib qo'shildim.

U erda asosiy tarkibda o'ynaganim sababli, ular meni qo'yib yuborishlari juda qiyin edi".


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA