

Xet-trik qayd etib bahs qahramoniga aylangan mezbonlar forvardi Zlatan Ibragimovich raqib a'zosi Muhammad El-Munirga ham jarohat etkazishga ulgurdi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi o'rtalarida Zlatan to'p uchun havodagi kurashda qo'lining tirsak qismi bilan El-Munirning yuziga zarba berdi. Oqibatda, zaxiradan maydonga tushgan Munir jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo'lgan.
Uchrashuvdan keyingi tibbiy tekshiruvlar natijasida esa 27 yoshli liviyalik himoyachining yanoq suyagi singani ma'lum bo'ldi va shifokorlar unga jarrohlik amaliyotini o'tkazishni tavsiya qilishmoqda. Shuningdek, Muhammad El-Munir uchun mavsum yakunlagan bo'lishi ham mumkin.
37 yoshli shvetsiyalik forvardga esa chempionat mutasaddilari tomonidan diskvalifikaciya jazosi berilishi kutilmoqda.





