

"Tarkib borasida muammolar paydo bo'ldi va murabbiylar uchrashuvga tayyor bo'lmagan futbolchilarni maydonga tushirishiga to'g'ri keldi. Birinchi bo'limda o'zimni yomon his qildim. Ikkinchisida ishlarimiz yurishdi, ammo bahsga 100% tayyor bo'lganimda, yanada sifatliroq o'yin ko'rsatgan bo'lardim. Bu uchrashuvda murabbiy yangi futbolchilarni ko'zdan kechirdi. Bizda imkoniyatlar ko'p bo'ldi va jamoa yaxshi harakat qildi, lekin biz bundanda ko'prog'iga qodirmiz. Shvetsiya terma jamoasi va men o'z ustimizda ishlashimiz kerak" - deydi Ibragimovich.



