Ibragimovich MLS tarixidagi eng ko'p maosh oluvchi o'yinchi

Alisher
13 iyun 2019, 12:23
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich MLS tarixidagi eng ko'p haq to'lanadigan futbolchiga aylandi.

37 yoshli shvetsiyalik futbolchi 2019 yilgi mavsumda jamoada qolishga qaror qildi va uning maoshi yiliga 7,2 million dollarni tashkil etmoqda.

Bundan oldin eng ko'p maosh to'lanadiganlar reytingida "Toronto" forvardi Sebastyan Jovinko 7,1 million dollar bilan yetakchi edi.

Ibragimovich joriy mavsum "Gelaksi" tarkibida 12ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: soccer.ru