Ibragimovich: "Libosdagi "irqchilikka qarshi" yozuvi muammoni hal qilmaydi"

Alisher
5 dek 2019
Hujumchi Zlatan Ibragimovich futboldagi irqchilik haqida gapirdi.

"Irqchilikka qarshi" deb yozilgan yozuvli liboslarni kiyish va shunday so'zli yozuvlar aks etgan bayroqlarni ko'tarib chiqish yaxshi holat, ammo bu muammoni hal qilmaydi.

3 ochko olib tashlash, o'yinlarni to'xtatish, klubni puldan ayiradigan shunday narsalar qilish kerak. Yana B Ceriyaga tushirib yuborish xavfi bo'lganidek. Qattiqqo'l bo'lish kerak.

Men Italiyada o'ynaganimda tribundan menga "Lo'li!" deya baqirishgan. Bu ham irqchilik. Garchi ular mendan stadion tashqarisida rasm tushishni so'rashsa ham", - deydi Ibragimovich.


AlisherMuallif
Manba: gqitalia.it