Ibragimovich kumirlari haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
26 mar 2022
Zlatan Ibragimovich Muhammad Ali va braziliyalik Ronaldoni kumir hisoblaydi.

"Otam Muhammad Ali ishtirokidagi videolarni ko'rishga majbur qilgan. Menga ham uning xarakteri yoqadi. Gapir, ammo gaplaringga javob ber. O'zingni kimdir deb hisoblaganing uchun emas, o'zingga ishonganing uchun gapir. 

Futbolchilar ichida esa Ronaldoni eng zo'ri deb hisoblayman. Uni kuzatardim va tenglashib oldim. U barcha qilishni istaydigan harakatlarni amalga oshirardi. Barcha uning o'yinini o'zlashtirishga intilgan. Biz futbolga kirib kelganimizda uning harakatlarini takrorlashga urinardik. 

Keyin esa u bilan uchrashib, unga qarshi o'ynash amalga oshgan", - dedi "Milan" futbolchisi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA