Ibragimovich: "Holand - Inzagi, Trezege va Verining yangi versiyasi"

Оқил Абдубарноев
3 noya 2022
"Milan" futbolchisi Zlatan Ibragimovich Erling Holandning o'yinlariga yuqori baho berdi.

Norvegiyalik hujumchi “Manchester Siti” safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi.

“Menga Holand juda yoqadi. U juda aqlli futbolchi, o'ziga noqulay hududda sarson bo'lmaydi. Erling shunchaki darvoza yonida kutadi va gol uradi. U menga Filippo Inzagi, David Trezege va Kristian Veri kabi futbolchilarni eslatadi. U har uchalasining ham yangi versiyasidir”, – dedi Ibragimovich.

Eslatib o'tamiz, Erling Holand jarohati tufayli "Manchester Siti"ning so'nggi o'yinlarini o'tkazib yubormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Canal+