Husniddin Nishonov: “Yangi jamoa bilan chempion bo'lmoqchiman”

Aslanov Jasurbek
8 okt 2021
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi yetakchi futbolchisi Husniddin Nishonov yangi mavsumni “Xuaxin-Jizzax” klubida boshlaydi.

Yangi klubga o'tishi va bo'lajak mavsumdan nimalar kutayotgani xususida Nishonov bilan suhbatlashdik. 

Yangi klubga o'tishi xususida

- Biz futzal bo'yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan vaqtimizda “Xuaxin-Jizzax” klubining sport direktori Oybek Abdurahmonov menga aloqaga chiqqan edi. Ular bergan taklif o'ylab ko'rib, bunga rozi bo'ldim.

“Xuaxin-Jizzax” klubi borasida

- O'tgan yil qishda Hokim kubogida ishirok etganman. O'shanda viloyat hokimi Ergash Salievni ham musobaqani kelib kuzatayotgani ko'rib, ochig'i hayron qolgandim. Chunki ular futzalga ham katta e'tibor berayotganini kuzatgandim. Uuman olganda, bu jamoaga bo'lgan munosabat va e'tibor juda yuqori ekan. Shu tomonlari menga maqul keldi va “Xuaxin-Jizzax”ga o'tishga qaror qildim.  

Yangi jamoasidagi maqsadlari borasida

- Jamoamiz bilan yangi mavsumda chempionatning oltin medallariga ega chiqishni istayman. 

Chempionlik yo'lidagi kurash haqida

- Ko'pchilik nazarida biz osonlikcha chempion bo'lishimiz mumkin ekan. Tarkibda bilgan futbolchilarim bo'lsa-da men yuqoridagi fikrlarga qo'shilmagan bo'lardim. Futzal bo'yicha ichki chempionatimiz avvalgi yillarga solishtirganda, ancha o'sgan. Raqobatchi jamoalar soni oshgan va ular osonlikcha ochko  boy bermaydi. Oltin medallarga ega chiqishni istasangiz, bu yo'lda ancha mashaqqatlarni boshdan kechirishingizga to'g'ri keladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia