Husniddin Nishonov: "Terma jamoadagi muhit va kayfiyat a'lo darajada. Mundialga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda"

Абдулвосит Бектемиров
30 avg 2024
O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Husniddin Nishonov Jahon chempionatiga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi.

"Jahon chempionatiga tayyorgarlik yaxshi o'tmoqda. Portugaliyada ham yaxshi yig'in o'tkazdik. Fransiya, Angola, Portugaliya kabi kuchli terma jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etdik. Biz o'zimizga kerakli xulosalarni chiqarib oldik. Afsuski, yo'qotishlar ham bo'lmoqda. Ravshan aka Eliboev va Sunatilla Jo'raevlar jarohat olishdi. Terma jamoadagi muhit va kayfiyat a'lo. Uyimizda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida yaxshi ishtirok etishimizga va vatanimiz shanini munosib himoya qilishimizga ishonaman. Olg'a, O'zbekiston" - deya fikr bildirdi terma jamoamiz futzalchi Husniddin Nishonov



Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia