Husniddin G'ofurov: O'zim ham kutmagan vaqtda maydonga tushdim

Mirjalol Normatov
14 okt 2018
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi, ikkinchi golga assistentlik qilgan Xusniddin G'ofurov KXDR termasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin yaxshi o'tdi, biz kutgan ssenariy ostida o'tdi. Ivan Nagaev jarohat olganidan keyin maydonga tushdim. Ammo o'sha vaqtda maydonga tushishimni o'zim ham kutmagandim.

Ektor Kuperning talablarini to'laqonli bajarishga harakat qilyapmiz. O'yindan o'yinga kuchayib boryapmiz. U uchrashuvdan keyin ancha xursand bo'ldi va bizni, umuman olganda barchani tabrikladi. Raqiblar haqida nima deya olaman. Ular biz kutgan darajada qarshilik ko'rsata olishmadi. Taktika? O'zgarishlar katta bo'lmadi. Hujumkorlikni istagandik va shunday bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia