Husniddin G'ofurov: "Bugun ishqibozlarimizni g'alaba bilan xushnud etmoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
29 apr 2018, 08:35
“Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi oldidan “temiryo'lchilar” jamoasi yarim himoyachisi Husniddin G'ofurov o'yinoldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

– Oldinda bizni qiziqarli uchrashuv kutmoqda. O'yinga jiddiy hozirlik olib bordik. Hozir Superliganing deyarli har bir o'yini principial ahamiyatga ega. Shu sababdan har bir bellashuvga imkon qadar puxta tayyorlanishga harakat qilyapmiz. Bugungi o'yinda ham maqsadimiz – faqat g'alaba qozonish. Jamoamiz ishqibozlarini chiroyli g'alaba bilan xursand qilmoqchimiz, – dedi mahoratli futbolchi klub rasmiy saytiga.

Takidlash joizki, “Lokomotiv” – “Paxtakor” to'qnashuvi soat 20:00da “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz