

Shifokorlar tomonidan Aliqulovga zarur muolajalar ko'rsatildi. Dastlabki ko'rikda uning avvalgi jarohati yana qaytalangani ma'lum bo'ldi. Shundan so'ng Qatardagi Aspetar klinikasida uning holatini o'rganish bo'yicha kerakli amaliyotlar bajarildi. Terma jamoamiz tibbiy shtabi barcha xulosalarni o'rganib chiqdi va Aliqulovning tuzalib qaytishiga taxminan 4 hafta vaqt talab etilishi ma'lum bo'ldi. Bu esa unga Osiyo kubogi mobaynida jismoniy holati hamda sport formasini to'liq tiklashga to'sqinlik qiladi. Yosh himoyachimizga salomatlik tilaymiz!



