Husniddin Aliqulov O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
18 may 2021, 18:43
Bugun O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov rasmiy o'yinlar oldidan o'tkaziladigan yig'inda ishtirok etadigan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi.

O'FA matbuot xizmati e'lon qilgan ro'yxatdan 39 nafar futbolchi o'rin olgandi. Biroq championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, terma jamoaga "Nasaf" klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov ham chaqiruv olgan. Biroz oldin O'FAdan "Nasaf"ga bu borada rasmiy xat kelgan. 


Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Valijon Rahimov (AGMK), Sanjar Quvvatov ("Paxtakor"), Ravshanbek Yagudin ("Bunyodkor")

Himoyachilar: Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Rustamjon Ashurmatov ("Kanvon", Janubiy Koreya), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Oleg Zoteev ("Chonnam Dragons", Janubiy Koreya), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov ("Canchjou Mayti Layons", Xitoy), Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Odiljon Hamrobekov ("Shabab Al-Ahli", BAA), Abrorbek Ismoilov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tedjon Sitizen", Janubiy Koreya), Jamshid Iskanderov ("Sonnam", Janubiy Koreya), Jaloliddin Masharipov ("Shabab Al-Ahli", BAA), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Vagiz Galiulin ("Nefteximik", Rossiya), Husniddin G'ofurov (AGMK), Sanjar Shoahmedov (AGMK), Iskandar Shoyqulov ("So'g'diyona"), Javohir Qahramonov ("So'g'diyona"), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Sharof Muhitdinov ("Paxtakor")

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Jenoa", Italiya), Shahzodbek Ubaydullaaev ("Shaxtyor", Belarus), Temurxo'ja Abduholiqov ("Lokomotiv"), Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston), Farruh Ikromov ("Bunyodkor"), Shohruz Norxonov ("So'g'diyona"). 



Bugungi "Tezkor studiya"da Husniddin Aliqulov nima uchun MTJga chaqirilmagani borasida muhokama bo'lgandi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia