Humoyun Murtazoev: "Mashal"ning maqsadi - Superliga. Ungacha to'xtash yo'q"

Narzulla Saydullayev
12 may 2018
PRO-liganing 8-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Mashal" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Humoyun Murtazoev o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalo g'alaba bilan barcha jamoamiz a'zolari va do'stlarimni qolaversa "Mashal" muhlislarini chin qalbimdan tabriklayman. Muborakda "Surxon", G'uzorda esa "Sho'rtan" mag'lub etildi. Har ikkala bahs ham juda qiyin va og'ir kechdi.
Muborakda mag'lub bo'lib turgandik ammo hech qaysi futbolchi o'sha lahzalarda umuman tushkunlikka tushmadi. Yakunda biz ikkita to'p kiritdik. Umuman bizning maqsadimiz Superliga, ungacha to'xtash yo'q. Hech bahs biz uchun oson bo'lgani yo'q. Barcha jamoalar "Mashal" bilan uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'rishgandek. Endigi bahsda Muborakda "Orol"ni qabul qilamiz. Ushbu bahsda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz va muxlislarimizni xursand qilamiz degan niyatdamiz", - deydi Murtazoev.

Dilshod Safarov yozib oldi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia