Holand Zlatanni bolalikdagi kumiri, Balotellini esa eng yaxshi penaltichi deb atadi

Sherzod Nurmatov
15 okt 2022
Erling Holand bolalikdagi kumiri va boshqa mavzular haqidagi savollarga javob berdi.

- Bolaligingizda qaysi futbolchini yoqtirgansiz?

- Agar otam (Alf-Inge Holand)dan tashqari bo'lsa – Zlatan Ibragimovich.

- Eng yaxshi golingiz?

- Dortmundning "Borussii"siga qarshi o'yindagisi ajoyib, eng yaxshilaridan biri. "Shalke" va PSJ darvozasiga kiritilgan to'plar ham. "Borussiya" safida Chempionlar Ligasi doirasida PSJga urgan debyut golim eng yaxshisi bo'lsa kerak.

- Eng muhim penaltini kimga ishonib topshirgan bo'lardingiz? 

- Men o'zimga ishonaman. O'zimdan tashqari bo'lsa, Mario Balotelli degan bo'lardim. U men ko'rgan eng yaxshi ijrochilardan biri edi. Demak, men yoki u.

- Siz kimsasiz oroldasiz. O'zingiz bilan qaysi uch odamni olib ketasiz?

– Kevin de Bryuyne – u doim menga juda yaxshi paslarni beradi (kuladi). Onam va otam. Ular menga g'amxo'rlik qilishlari va Norvegiya taomlarini tayyorlab berishlari kerak. Shu uch kishi", – dedi forvard.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports