Holand “Manchester Yunayted” muxlisi bilan klub emblemasini bekitgan holda suratga tushdi

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2023, 20:28
Erling Holand birgalikda suratga tushish uchun yosh muxlisning futbolkasidagi “Manchester Yunayted” logosini qo'li bilan yopdi.

"Manchester Siti" forvardi o'zi voyaga etgan Norvegiyaning "Bryune" klubi akademiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida “Manchester Yunayted” futbolkasini kiygan bolakay Xolandning oldiga kelib, birga suratga tushishni so'radi.

Suratga olish vaqtida Holand muxlis futbolkasidagi “Manchester Yunayted” gerbini kafti bilan yopdi va yana suratga olishni so'radi.

"O'zingga yangi libos sotib ol" deya hazillashdi "Manchester Siti" hujumchisi.

VIDEONI KO'RISH


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal