"Hokim kubogi-2023". Musobaqaning eng yaxshilari tomonidan bildirilgan fikrlar

Sherzod Nurmatov
4 fev 2023, 18:31
Farg'onada tashkil etilgan "Hokim kubogi-2023" musobaqasining final uchrashuvi yakunida eng yaxshilar sifatida taqdirlangan futbolchilarning fikrlarini e'tiboringizga havola etamiz.

"Eng yaxshi darvozabon" – Asilbek Tojiddinov ("Andijon-SGS"): 

"Hokim kubogi-2023" musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Barcha raqiblarimizga munosib qarshilik ko'rsata oldik, deb o'ylayman. Erishgan yutug'im albatta menga va jamoamizga qo'shimcha motivaciya sifatida xizmat qiladi. Musobaqa tashkilotchilariga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Bir jamoa bo'lib ahillikda yanada yuksak yutuqlar uchun kurashishda davom etamiz".



"Eng yaxshi futbolchi" – Muhammadali Xolmatov ("Neftchi U-21"):

"Musobaqada katta tajriba to'pladik. Futbol 90 daqiqa davom etadi, har bir o'yinda ahillik bilan oxirigacha kurash olib bordik. Murabbiylarimiz bizga har qanday kuchli raqibdan cho'chimasdan futbol o'ynash lozimligini hamisha uqtirib kelishadi. Musobaqa juda chiroyli ko'rinishda tashkil etildi, ayniqsa, final uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan taqdirlash marosimi ham yuqori darajada o'tdi. Tashkilotchilarga jamoamiz nomidan rahmat aytamiz.

Kelgusidagi maqsadlarim o'z ustimda yanada ko'proq ishlab, milliy terma jamoada o'ynash va yurtimiz bayrog'ini yanada yuksaklarga ko'tarishdan iborat".

Bekzod Tolibov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia