Hojimat Erkinov: "O'zimizni Erondan kuchsiz, demagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2023
O'zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup-2023" turniri guruh bosqichini Tojikistonga qarshi bahs bilan yakunladi (5:1).

Mazkur o'yindan so'ng terma jamoamiz futbolchisi Xojimat Erkinov fikrlarini bildirib o'tdi. 


"Birinchi bo'lib raqib hisobni ochgach biroz qiynaldik. Xudoga shukur, ikkinchi bo'limda gol urib tezda muvozanatni tikladik. Hammasi ijobiy yakunlandi. 


Srechko Katanets qo'l ostida ancha vaqtdan beri shug'ullanib kelyapmiz. Aynan Eron kabi jiddiy raqiblar bilan o'yinlarga shuncha vaqtdan beri tayyorlanmoqdamiz. O'zimizni Erondan kuchsiz, demagan bo'lardim. Kuchli tarafimiz bor bo'lsa borki, kam joyimiz yo'q.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia