

Mezbonlar himoyachisi Jo Jeykobson uchrashuvda avvaliga jarima zarbasini aniq amlga oshirib hisobni ochgan bo'lsa, keyin ikki marta burchak to'plaridan unumli foydalanib, xet-trik qayd etdi.
32 yoshli Jeykobson Kardiff Siti tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U hozirgi klubida 2014 yildan buyon harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsum esa u bugungi bahsni ham qo'shib hisoblasa chempionatning 7 bahsida qatnashib, 4 gol urishga erishgan. Uikom Uonderers esa jadvalda 15 ochko bilan yetakchi bo'lib turibdi.

