Hikmat Ergashev: “15 daqiqa ichida ikkita to'p farqi bilan orqada qolish yigitlarning ruhiyatiga qattiq ta’sir etdi”

Narzulla Saydullayev
27 apr 2019, 11:09
Superliga 6-turidan o'rin olgan "Nasaf" - AGMK (4:0) uchrashuvidan so'ng olmaliqliklar ustozi Hikmat Ergashev bellashuv haqidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Nasaf" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ular shakllangan jamoa va ularda yaxshi futbol maktabi bor. Biz esa yangi jamoa tuzganmiz va hali ular bir-birlari bilan kirishib keta olishmayapti. "Bunyodkor" jamoasi bilan o'yinda ham xatolar bo'ldi.

15 daqiqa ichida ikkita to'p farqi bilan orqada qolish - yigitlar ruhiyatiga qattiq ta’sir etdi. Bugungi o'yin uchun muxlislardan uzr so'raymiz.

O'ylashimcha, AGMK jamoasiga xarakter yetishmadi. Jamoamiz murabbiyi takidlaganidek, jamoani o'zi bilan ergashtira oladigan yetakchi futbolchi yo'q. Zafar Polvonov shamollab qolgani bois bugun maydonga tusha olmadi. ", - dedi Hikmat  Ergashev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz