

Yangi mavsumda ushbu musobaqa ishtirokchilari soni sezilarli ravishda ko'paydi. Endi unda avvalgidek 8 jamoa emas, balki naq 18ta jamoa ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, Toshkent shahar chempionati, o'zining qiziqarli va shiddatli o'yinlari bilan, qisqa fursat ichida ko'plab tomoshabinlar e'tiborini qozonishga muvaffaq bo'ldi. Shu sabab musobaqada ishtirok etish istagida bo'lgan jamoalar soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Yangi jamoalar soni nafaqat Toshkent klublari hisobiga, balki viloyat jamoalar hisobidan ham oshib bormoqda. Xususan, yangi mavsumdan musobaqalarda Qarshining Nasaf jamoasi ham ishtirok etmoqda, turnirning o'ziga esa Ochiq chempionat maqomi berildi.
Yangi musobaqadagi ilk sensaciyaga aynan Nasaf mualliflik qildi. Musobaqalar debyutanti 1-turda amaldagi chempion – SQB-Yunusobod jamoasini yirik – 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
1-turning barcha natijalari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Futzal bo'yicha Toshkent shahar ochiq chempionati
1-tur uchrashuvlari
1 dekabr, yakshanba
9:00 Choshtepa – DHL4:5
10:00 O'ztelekom – TATU-Talaba 5:5
11:00 Eriell– O'zDTV 3:1
12:00 Govoryashchie rukami – Sergeli 4:1
13:00 ARCHIE-EuroAsia– Prodigy 2:1
14:00 O'zSQB – Galaxy 5:1
15:00 Nasaf – SQB-Yunusobod 4:1
16:00 Atlant – Vostok 1:4
17:00 NTC-Khamkor– TATU 6:1
Eslatib o'tamiz, musobaqaning 2-tur uchrashuvlari 8 dekabr, yakshanba kuni Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida bo'lib o'tadi.
2-tur uchraushvlari
8 dekabr, yakshanba
9:00 DHL– TATU
10:00 Vostok - NTC– Khamkor
11:00 SQB-Yunusobod – Atlant
12:00 Galaxy– Nasaf
13:00 Prodigy– O'zSQB
14:00 Sergeli – ARCHIE-EuroAsia
15:00 O'zDTV – Govoryashhie rukami
16:00 TATU-Studenty – Eriell
17:00 Choshtepa - O'ztelekom



