Hamidjon Aktamov: "Vahobov jarohat tufayli o'ynay olmadi"

Aziz Tukhtamuradov
21 avg 2015, 21:39
"Qizilqum" menejeri Hamidjon Aktamov "Paxtakor"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Hamid AKTAMOV ("Qizilqum" bosh menejeri): - Hisob barchasini aytib turibdi. "Paxtakor" haqli tarzda g'alabaga erishdi. Tarkibimizda yo'qotishlar ko'pligi ta’sirini o'tkazdi. Birinchi bo'limda Jumaev jarohat olib, maydonni tark etdi. Biz hali ishlashda davom etishimiz kerak.

Tarkibimizda yo'qotishlar mavjud. Vahobov va Haydarovda jarohat borligi uchun bugun o'ynay olmadi. Qolgan yigitlarni asosiy tarkibda endi o'ynatyapmiz. Ularda Toshkent jamoalariga qarshi bahslarda qandaydir qo'rquv yuzaga keladi. Har qancha gapirmaylik, tushuntirmaylik, baribir bu narsa yo'qolmayapti.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pakhtakor.uz