Hamidjon Aktamov: "Qizilqum"da moliyaviy muammolar bor, futbolchilar 4 oydan buyon maosh olishmayapti"

Narzulla Saydullayev
22 sen 2019
Coca Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Qizilqum (2:1) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

- Bunyodkor jamoasini bugun g'alaba bilan tabriklayman! Yaxshi o'yin o'tkazdik. Hisobda ortda qolayotgan bo'lsak-da, g'alaba qozonish uchun harakat qildik, ammo omad kelmadi. Umumiy manoda, hisob o'yinga mos.

- Jamoaga nima etishmayapti yoki moliyaviy muammolar bormi? 
- Jamoada moliyaviy muammolar bor. Shu vaqtgacha indamagandim, mana to'rtinchi oyga qarab ketyapti, futbolchilar maosh olgani yo'q. Qachongacha rahmat uchun o'ynaydi? Ularni ham oilasi bor, ishlayaptimi, maoshini olishlari kerak. Yil boshida homiy bo'lishi kerak bo'lgan tashkilotlar, bugun homiylik qila olmasligini aytib xat beryapti. Dardim ichimda, nima deyishga hayronman. Jamoada ichki muhit yaxshi, shunchaki, yigitlarni ruhlantira olmayapman.


- Demak, bugungi o'yin uchun mukofot puli yo'qmidi? 

- Yo'q edi, hech qanday mukofot puli.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia