Hamidjon Aktamov: "O'yin kutilganidek, juda hayajonli, qiziqarli bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
3 okt 2021
Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Turon" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- O'yin kutilganidek, juda hayajonli, qiziqarli bo'ldi. Durang ham ro'y berishi mumkin edi. Yigitlarimizga rahmat, ular oxirgi daqiqalargacha borlarini berib o'ynashdi. O'zimizga kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdik, bu bilan muxlislarimizni tabriklayman.

- Elguja Grigalavshili markaziy hujumchi sifatida harakat qilib, 2 ta gol urdi. Uni keyingi o'yinlarda ham shu chiziqda ko'ramizmi?

- Bu – bizning ichki sirimiz. Ko'ramiz, hali oldimizda yana 2 hafta bor. Hozircha qisqa tatilga yo'l olamiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia