Hamidjon Aktamov: "G'uzorga yaqin yo'lda avtobusimiz buzilib qolganda "Surxon" yordam ko'rsatmay oldimizdan o'tib ketdi..."

29 avg 2019, 14:19
Surxon - Qizilqum (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumani navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'yin oldi yuzaga kelgan qator muammolar haqida gapirdi.

Bu haqda "Surxon" klubi matbuot xizmati xabar qildi.


- Men bugungi o'yin haqida fikr bildirishdan oldin, Termizga kelishimizdagi qiyinchiliklar haqida gapirib o'tmoqchi edim. Biz G'uzorga yaqinlashganimizda  yo'lda avtobusimiz buzilib qoldi. Ancha vaqt yo'lda ushlanib qoldik.Shu vaqtda Surxon jamoasi avtobusi yonimizdan o'tib ketdi. O'ylashimcha, Surxon bizga yordam ko'rsatishi kerak edi. Termizda mehmonxona topishda ham muammolarga duch keldik. Deyarli, barcha mehmonxonalar band. Mana shu sabablar o'yinga ta’sir ko'rsatdi deb o'ylayman. Futbol bu - do'stlik. 

O'yin haqida to'htaladigan bo'lsam, bugun 70 daqiqa yaxshi harakat qildik. Qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Surxon o'ziga yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, g'alabani qo'lga kiritdi.

Hakamlarga etirozim yo'q. Ular o'yinni yaxshi boshqarib bordilar. 

Surxondaryo xalqini bugungi g'alaba bilan tabriklayman.


P.S. Termizda halqaro forum va Termiz shahrida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yillik bayram tadbirlari bo'lganligi sabab, Termizdagi barcha mehmonxonalarda joy bilan bog'liq muammolar yuzaga kelgan.


Manba: championat.asia