Hamidjon Aktamov: "Bugun viloyatimiz rahbarlari ham bizga ruhiy tomondan dalda bo'lishdi"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2019
Coca Sola superliga 22-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi matbuot anjmaninig birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

- Bugun biz uchun muhim bahs edi. Chempionlik uchun kurashdan ko'ra superligada qolish uchun bo'ladigan o'yinlar qiziqarliroq kechmoqda. Biz xavfli zonadamiz. Har bir ochkoning qimmati baland. Bugun yutmaganimizda ahvolimiz ancha og'irlashardi. “Qo'qon-1912” jamoasi ham bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bugun bizga omad kelganini ham takidlash joiz.
Hozirgi holatda g'alaba bizga suv va havodek zarur edi. Shogirdlarim ishonchimizni oqlashdi.

Bugun viloyatimiz rahbarlari ham bizga ruhiy tomondan dalda bo'lishdi. O'yindan oldin rahbariyat menga g'alaba qozonishni vazifa qilib qo'ygan edi.

Hozir qaysi jamoada  superligada qolish uchun imkoniyat ko'proqligini bilmayman. Hamma jamoalarda imkoniyat bor, shuning uchun har bir uchrashuv biz uchun muhim hisoblanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz