

Sababi, 2004 yildan boshlab ushbu musobaqada muntazam ishtirok etib kelayotgan vakillarimiz 2 bora turnir finalini boshqarishga muvaffaq bo'lishgan.
Osiyo kubogida necha nafar hakamimiz ishlagan?
2004 yildan buyon o'tkazilgan 5 Osiyo kubogida 7 nafar o'zbekistonlik hakam ishlagan. Bosh hakamlarimiz soni esa 3 tani tashkil etadi. Ular orasida eng ko'p o'yin tabiiyki, Ravshan Ermatov hisobida - 16 ta o'yin (Ermatov, shuningdek, Osiyo miqyosida ham bu borada mutlaq yetakchi). Bundan tashqari, Valentin Kovalenko hamda Ilgiz Tantashev singari vakillarimiz ham ushbu turnir o'yinlarida ishlagan.
Musobaqada ishlagan hakamlarimiz kesimida o'yinlar soni:
Ravshan Ermatov:
- 2004 yil 1 o'yin bosh hakam, 1 o'yin zaxira hakami;
- 2011 yil 4 o'yin bosh hakam (shu jumladan, final) va 1 uchrashuvda zaxira hakami;
- 2015 yil 4 bahsda bosh hakam (shu jumladan, yarim final);
- 2019 yil 5 o'yinda bosh hakam (shu jumladan, final);
Valentin Kovalenko:
- 2011 yil 4 uchrashuvda zaxira hakami (ularning birida R. Ermatov bilan birga ishlagan);
- 2019 yili 1 o'yinda bosh hakam;
Ilgiz Tantashev:
- 2019 yili 1 bahsda bosh hakam;
Viktor Serazitdinov:
- 2007 yil 2 uchrashuvda yordamchi hakam;
Abduhamidullo Rasulov:
- 2011 yil 4 o'yinda yordamchi hakam (shu jumladan, final);
- 2015 yil 4 bahsda yordamchi hakam (birida R. Ermatov bilan);
- 2019 yil 7 uchrashuvda yordamchi, 1 o'yinda zaxira hakami (shu jumladan, final);
Rafael Ilyasov:
- 2011 yil 4 marta yordamchi hakam (shu jumladan, final);
Jahongir Saidov:
- 2015 yil 2 bahsda yordamchi hakam (birida R. Ermatov bilan);
- 2019 yil 6 o'yinda assistentlik qilgan (shu jumladan, final).
Eslatib o'tamiz, bugun start oladigan Osiyo Kubogida 3 nafar hakamimiz ishtirok etadi. Bular - Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.



