Hakam Ahrol Risqullaev bu yilgi oliy ligadagi ilk o'yinida 6,9 ball oldi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2017
Kecha oliy liganing 14-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Obod" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Ahrol Risqullaev bosh hakam vazifasini bajardi. Bu bahs sobiq futbolchi uchun ushbu mavsum oliy ligada bosh hakam sifatidagi birinchi o'yin bo'ldi.

PFL rasmiy saytidagi qaydnomaga binoan o'yin nazoratchi hakami samarqandlik Xushvaqt Muxtorov Ahrol Risqullaevga 6.9 ball qo'ygan.

Bundan tashqari qanot hakamlaridan biri ham xuddi shunday ballga munosib ko'rilgan.

O'yinda "Sho'rtan" "Obod" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Sho'rtan (G'uzor) – Obod (Toshkent) – 2:0. 3451 tomoshabin.
Gollar:
I. Taran (10), Z. Palvanov (27).
Hakamlar: A. Risqullaev (Toshkent) – 6,9, S. Eremeev (Toshkent) – 8,4, SH. Fayziev (Jizzax) – 6,9, R. Lutfulin (Toshkent) - 9
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
O'zPFL vakili: V. Letkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia