Gyundogan: “Kante – dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri”

27 yanv 2020, 23:19
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan “Chelsi” futbolchisi N’Golo Kante haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

“Mendek raqibni nazorat qilishni yaxshi ko'radigan futbolchi uchun Kante singari futbolchiga qarshi kurashish oson ish emas. Sen uni ortda qoldirdim, deb o'ylaysan. Ammo u yana qarshingda paydo bo'ladi. APLda dunyodagi eng yaxshi futbolchilar to'p tepishadi, shu bois har bir bahs qiyin va og'ir kechadi. Men aynan shuning uchun ham shu yerdaman. O'zimni kuchlilar orasida sinab ko'rayapman. Kante esa dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri”, deya Gyundoganning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport Bible.


Manba: Sport Bible