Gyuler: "Albatta, "Real"da muvaffaqiyatga erishaman"

Omonjon To`xtamirzayev
25 mar 2025
"Real"ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyuler Madrid klubida muvaffaqiyatga erisha olishiga ishonmoqda.

"Real"da albatta muvaffaqiyatga erishaman. "Real" menga reja berdi va men hali ham unga ishonaman. Men bu klubda muvaffaqiyatga erishaman," - dedi futbolchi.

Gyuler 2023 yilning yozida "Real"ga o'tgandi. Umuman olganda, "qaymoqranglilar" safida 20 yoshli yarim himoyachi 43 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning jamoa bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

"Real" joriy mavsumning 28 turidan so'ng 60 ochko bilan Ispaniya chempionatida 2-o'rinda bormoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mirror.co.uk