Gyotcega yana bir Bundesliga klubi qiziqmoqda

Alisher
26 sen 2020, 13:38
Yarim himoyachi Mario Gyotce Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Gyotce - bizning transferlar oynasidagi short-listlarimiz ichida", - deydi klub sport direktori Arne Fridrix.

Oldinroq, Marioga u 2013-2016 yillar davomida o'ynagan "Bavariya" klubi qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Futbolchi o'tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal