Gyotce nima uchun "Liverpul"ga o'tmaganini ochiqladi

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2022
Germaniyalikda shunday imkoniyat bo'lgan.

Yarim himoyachi Mario Gyotce nima uchun 2016 yilda "Liverpul"ga o'tishdan ko'ra "Borussiya" Dortmundga qaytishga qaror qilganini aytdi.

"Yurgen Klopp "Liverpul" bilan birinchi mavsumida APLda 8-o'rinni egalladi va Chempionlar Ligasiga yo'llanma olmadi. Hatto oldingi yillarda ham klub har doim ham yuqori saviyada o'ynamayotgandi.

Dortmundning "Borussiya"si Tomas Tuxel qo'l ostida ajoyib mavsum o'tkazgandi. U cho'qqida edi, Yurgen esa endigina jamoa tuzayotgandi. O'tmishga nazar tashlab, tan olishim kerakki, "Liverpul"da o'ynasam yaxshiroq bo'larkan", – dedi futbolchi.

Oldinroq Gyotce Bundesligaga qaytgani haqida xabar berilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild