Gvardiola - ikkita trebl qayd etgan birinchi murabbiy

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2023
Pep Gvardiola ikkita trebl amalga oshirgan tarixdagi birinchi murabbiyga aylandi.

Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" UEFA Chempionlar ligasi finalida "Inter"ni mag'lubiyatga uchratdi (1:0). Bundan tashqari "Siti" joriy mavsum APL va Angliya Kubogi g'olibiga aylandi.

Gvardiola 2008/09 mavsumda "Barselona" bilan Chempionlar ligasi, LaLiga va Ispaniya Kubogida zafar quchgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia