

Antuan Semenoning "shaharliklar" safiga o'tishi bilan Pep futbol tarixidagi misli ko'rilmagan natijani qayd etdi.
Gvardiola bitta klubda yangi futbolchilar sotib olish uchun 2 milliard evrodan ko'p mablag' sarflagan dunyodagi birinchi murabbiyga aylandi. Ushbu natijaga erishish murabbiyga 10 yil kerak bo'ldi.
Eng qimmat xaridlar: Jek Grilish (117 mln evro), Rodri (70 mln evro), Ruben Diash (71 mln evro).
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham Gvardiola davrida "shaharliklar" safiga qo'shilgan. "Siti" Husanov uchun "Lans"ga 40 mln. evro to'lagan edi.



